Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #23218

Zakovat savoli #23218

Tog‘ay Murod "Yulduzlar mangu yonadi" asarida to‘ylardagi ayollar davrasini tasvirlaydi. Tasavvur qiling, ayollar davrasi, o‘rtaga gulxan yoqilgan, ayollar doirani yelpib-yelpib, halqachalarini shildiratib-shildiratib chaladi, chanqovuz bo‘zlaydi. Davrada ikkita go‘zal, eshilib-eshilib o‘ynaydi, to‘lg‘anib-to‘lg‘anib o‘ynaydi, bir-biriga hamohang bo‘lib o‘ynaydi. Ulardan biri bo‘yi yetgan qiz.
Savol: Ikkinchisini siz toping.
Javobni ko'rish

Olov.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar