Zakovat savoli #2229
Tadbirkor va bir qancha proyektlar muallifi - Ilon Maskning Twitter ijtimoiy tarmog‘ini $ 43 mlrd. ga sotib olishi haqida gap-so‘zlar urchigan dastlabki davrda ushbu SosSet foydalanuvchilaridan biri unga Twitter‘dan salgina qimmatga tushadigan o‘z ona yurtini sotib olishini va undagi ilm-fanni yuksaltirishini iltimos qiladi. Evaziga ushbu davlatning barchaga mashhur boshqa nomiga Maskning o‘z nomini qo‘shgan holda qaytadan original nomlashi mumkinligini taklif etadi. Ushbu barchamizga ma’lum nom portugalchadan tarjima qilinganda "ulug‘langan joy" degan ma’noni anglatar ekan.
DIQQAT SAVOL: Siz menga ushbu davlatning hozirgi nomini emas, balki, Twitter foydalanuvchisi o‘zgartirgan holda taklif etgan versiyani ikkita so‘zda ayting.
DIQQAT SAVOL: Siz menga ushbu davlatning hozirgi nomini emas, balki, Twitter foydalanuvchisi o‘zgartirgan holda taklif etgan versiyani ikkita so‘zda ayting.
Javobni ko'rish
Seylon Mask