Zakovat savoli #2228
UFC turnirlari ikki toifaga: raqamli va Fight Night turnirlariga bo‘linadi. Raqamli toifadagi turnir bir oyda bir marotaba bo‘lib o‘tishi va eng mashhur, chempion jangchilarning bir joyga yig'ishi bilan muxlislarga qiziq. Fight Night turnirlari esa har hafta bo‘ladi va qatnashuvchilar ham haminqadar tarkibdan tashkil topishadi. UFC‘ga yangi kelib qo‘shilgan jangchilarning eng katta orzusi raqamli turnir kardidan joy olish bo‘lishiga qaramasdan, yarim o‘rta vazn chempioni Kamaru Usman tashkilot rahbarlaridan shu sababga ko‘ra har safar Fight Night turnirida jang qilishni iltimos qilib so‘rayvergan. Shu kabi voqea Djeki Chan, Sharliz Teron, Nikki Minaj va Keanu Rivas kabi mahshurlar tarixidan ham o‘ziga xos iz qoldirgan. Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki, xuddi shunday holat aks etgan turk filmi nomida 7 sonini uchratishingiz mumkin.
DIQQAT SAVOL: Savolda ta’kidlangan shaxslarning xayotida bo‘lib o‘tgan mash’um holat nima ekanini ayting!
DIQQAT SAVOL: Savolda ta’kidlangan shaxslarning xayotida bo‘lib o‘tgan mash’um holat nima ekanini ayting!
Javobni ko'rish
Otasi qamalgan