Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #22201

Zakovat savoli #22201

Tugʻilish mavsumidan kechroq tugʻilgan hayvonlarning yungi mayin, terisi nafis boʻladi. Qadimda bunday hayvon yungi va terisidan sovuqdan saqlovchi turli yopinchiqlar tayyorlangan. Shu sabab tilimizdagi bu soʻz mavsumdan kech tugʻilgan hayvon va yopinchiq maʼnosini ham anglatgan. Tarkibida bu soʻz uchraydigan maqolda qon soʻruvchi parazit ham tilga olinadi.
Savol: Bu soʻzni yozib bering.
Javobni ko'rish

Koʻrpa.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar