Zakovat savoli #15098
1865-yili tug‘ilgan polshalik fantast-yozuvchi Vladislav Uminskiy ixtirochilik bilan ham shug‘ullangan. Yozuvchining asarlarida olimlar va injenerlar qiyofasidagi bosh qahramonlar texnika taraqqiyotini aks ettiruvchi ulkan ixtirolar qilishadi, dunyoning turli nuqtalariga sayohatlarni amalga oshirishadi. Vikipediyada Vladislav Uminskiy polshalik U deb atalgan. UNING unchalik ham mashhur bo‘lmagan ismi Gabriel.
Savol: U kim?
Savol: U kim?
Javobni ko'rish
Jyul Vern