Zakovat savoli #22126
Sabin ayollari o‘g‘irlab kelinganidan keyin rimlik harbiylarga erga berilgan. Bunga chiday olmagan sabin qabilasi erkaklari Rimga hujum qilib, g‘alaba qozona boshlaydi. Biroq, urush oxiriga yaqin sabin ayollari o‘z qabiladoshlaridan urushni to‘xtatishni iltimos qilishadi. Sabin ayollari o‘g‘irlanishi haqidagi Wikipedia maqolasida bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘zli maqolaga havola berilgan.
Javobni ko'rish
Stokgolm sindromi.