Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34907

Zakovat savoli #34907

Tilimizdagi bu so'z qadimda bir toifa insonlarga nisbatan ishlatilgan. Lekin bugungi kunda biroz shaklini o'zgartirgan holda dehqonlarga nisbatan ishlatilmoqda. Bir filolog dehqonlarga nisbatan ishlatish xato ekanligini bu so'zni tarjima qilib izohlab bergan.
SAVOL: bu so'zni topgan bo'lsangiz, qadimda kimlarga nisbatan ishlatilganini ayting?
Javobni ko'rish

ovchilarning boshlig'iga Izoh: bu so'z "Mirishkor" edi. Hozirda "mirishkor dehqon" degan jumla mavjud. "Mirishkor" so'zi "Mirshikor" so'zining o'zgargan shakli hisoblanadi. Mirshikor so'zidagi "shikor" - ov, "mir" esa amir so'zining qisqargan varianti bo'lib, "hokim, boshliq, amir qiluvchi" ma'nolarini anglatadi. Mirshikor - ovchilarning boshlig'i!

Boshqa savollar