Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #12817

Zakovat savoli #12817

Filolog Anvar Bo‘ronov bu so‘zni O‘zbek tili izohli lug‘atida ko‘rsatilganidek forscha emas, balki sof turkiycha ekanligini ta’kidlagan. Buni isbotlash uchun keltirilgan ayni o‘zakdan yasalgan boshqa ko‘plab so‘zlarning barchasi bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o‘tishni bildiradi. Ushbu so‘zning arxaik shakli kelib chiqishiga esa, qadimda ovullardagi o‘tovlarning tartibsiz joylashgani sabab bo‘lgan ekan. Bu so‘zning yunoncha analogi “aulos”, ya’ni bo‘shliq so‘ziga borib taqaladi.
Diqqat, savol: unlilari turlicha bo‘lgan ushbu so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish

ko‘cha

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar