Zakovat savoli #21117
"3 tana muammosi" asarida ilmiy-tadqiqot markazini Quyosh–Yupiter tizimidagi Bettaga joylashtirish eng maqbul variant deb topiladi. Sababi bu yerda shaharni o'z orbitasida ushlab turish uchun dvigatellardan foydalanishga va ularning yoqilg'i hamda boshqa resurslarni sarflashiga ehtiyoj qolmas edi. Nisbatan yoqilg'i sarfi kamligi, doimo sovuq qolishi va faqat bitta soyabondan foydalanishi sabab 2021-yilda uchirilgan mashhur kosmik obyekt ham Quyosh-Yer tizimidagi Bettada joylashgan.
Diqqat savol: Betta bilan almashgan 3 so'zni aniq yozib bering.
Diqqat savol: Betta bilan almashgan 3 so'zni aniq yozib bering.
Javobni ko'rish
Ikkinchi Lagranj nuqtasi