Zakovat savoli #29478
Ushbu serial butun dunyo miqyosida ommaviylashgan va bir necha marotaba Emmy va Peabody Award kabi nufuzli kinomukofotlarga ega boʻlgan. Serialning ilk qismi 2004-yilning 16-noyabrida FOX telekanalida efirga chiqdi. Serialdagi bosh qahramon bilan mashhur kitobiy detektiv Sherlok Xolms oʻrtasidagi oʻxshashliklar butun teleserial davomida kuzatib boriladi. Oʻxshashlik taraflariga qahramonning ishni yechimida boʻlgan ishonchi, qiziqarsiz deb bilgan ishlarga qoʻl urmasligi, uy manzili (221B-xonadon) musiqiy asbobni chalish (Holms skripkani, serialdagi qahramon pianino va gitarani chaladi) misol qilish mumkin. Serialning nomi bosh qahramonning nomi bilan bog‘liqligini bilgan holda qaysi amerika seriali ekanligini toping ?
Javobni ko'rish
Doktor House