Zakovat savoli #20981
Savol muallifi Rushana Rajabova.
Said Ahmad bu hidni yasharib kelayotgan olam, otayotgan tong, erta koʻklamda qirdan keladigan iliq shabada, yangi novda qoʻygan tol poʻstlogʻi, toshlarga urilib tushayotgan suv toʻzoni, yomgʻirdan keyin charaqlagan oftob hidiga oʻxshatadi. 2024-yilda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, bu hidda, sitrus va mumsimon ifor notalariga ega boʻlgan aldegidlar ustunlik qiladi va bu hid insonlarda dofamin gormonini ishlab chiqara boshlaydi.
Savol: Bu hidni toping.

Javobni ko'rish
Chaqaloq hidi