Zakovat savoli #19172
Akademik Akbar Hakimovning so‘zlariga ko‘ra, Sovet davrida ijtimoiy-siyosiy tashviqotlar amaliy san’at buyumlari naqshlarida ham aks etgan. “O‘sha yillarda o‘roq va bolg‘a, traktor, besh qirrali yulduz, SSSR yetakchilari tasvirlarini tushirish faol ravishda tatbiq qilina boshlangan. O‘zbekistonning shunday brend bezagi sifatida U paydo bo‘lgan - deydi san’atshunos. Dastlab U ko‘zimiz o‘rgangan ko‘k-oq rangda emas, zumrad rangda ishlab chiqarilgan.
Savol: Gap qaysi milliy brend haqida ketmoqda?
Savol: Gap qaysi milliy brend haqida ketmoqda?
Javobni ko'rish
Paxta gulli chinni.