Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24838

Zakovat savoli #24838

"1920-yili zulhijja oyining o'n beshida yakshanba yarim kechasi soat ikkida bolsheviklar urush e'lon qilmasdan Buxoroga hujum boshladi. Bu banda to'rt kechayu to'rt kunduz dushmanga qarshi urushdim, qattiq jang qildim. To'p o'qlarining ko'pligi, bomba yog'dirishlar, talafot va xarobaliklar Buxoro shahrida ortib ketib, kambag'al aholini qattiq tashvishga solib qo'ydi. Bu bandayi ojiz Buxoroyi sharifdan ko'chishni ixtiyor etsam, shoyad shu sababdan faqiru fuqaro bechoralarni bu jabr-sitamlardan ozod qilsam va osoyishtalik baxsh etsam, degan andishada G'ijduvon tarafga ravona bo'ldim". Savol: shu so'zlarni ayta turib, Amir Olimxon o'z esdaligida qaysi insonni esga olib o'tadi?
Javobni ko'rish

Muhammad s.a.v. payg'ambarimizni Izoh: muallif xuddiki o'zining bu ko'chishini payg'ambarimizning Makkadan Madinaga hijrat qilishiga o'xshatadi.

Boshqa savollar