Zakovat savoli #1907
“Sibir” filmida film qahramoni tezda Rossiyadan AQSHga uchib ketishi kerak edi. Samolyot reyslari qoldirilgani haqida xabar olgach u parvoz uchun mas’ullarga uchib ketish uchun qancha pul bo‘lsa ham berishini aytadi. Aeroport xodimlari esa imkoni bo‘lsa pulni UNGA bering deya javob qaytarishadi. Qadimgi slavyanlarda UNING nomi Pozvizd edi.
Savol: Uni aniq toping.
Savol: Uni aniq toping.
Javobni ko'rish
Ob-havo ma’budi / xudosi