Zakovat savoli #1555
Margaret Etvudning "Xizmatkorning hikoyasi" asariga nisbatan juda ko'plab ta'qiqlar bo'ladi. Ashaddiy o'ngchilar bu asarni maktab kutubxonasi uchun umuman mos emas deb hisoblashadi, ba'zi joylarda kitob haqida keskin bahslar bo'lib, maktablarda ta'qiqlash va hatto yoqishgacha borishadi. Shundan keyin, senzuraga qarshilik ramzi sifatida, yaqinda Etvud o'z kitobining SHUNDAY nashrini chiqardi va auksion savdosiga qo'ydi. Uning bu ishi o'tgan asr 60-yillar oxirida ilk marta nashr etilgan bir asardagi mashhur jumlaga to'liq mos keladi. Siz bizga o'sha jumla keltirilgan asarni yozib bering
Javobni ko'rish
Usta va Margarita