Zakovat savoli #1521
2007-yilda Germaniyaning Nyurnberg universitetida g‘ayrioddiy ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Mehmonlar ko‘rgazmada matematika o‘qituvchisi Gyunter Hessenauyer tomonidan 40 yil davomida to‘plangan Ulardan iborat ulkan kolleksiyani tomosha qilishlari mumkin edi. O‘zining g‘ayrioddiy kolleksiyasini to‘ldirish uchun Hessenauyer o‘ta e’tiborli bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan va ba’zan hatto chiqindi qutilarini tekshirishdan ham tab tortmagan. Vikipediyaga ko‘ra Ularning bomba, viki, garmoshka, arxivka kabi turlari bor. Diqqat savol: Hessenauyer nimalarni kolleksiya qilganini xorijiy so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
shpargalka