Zakovat savoli #32652
Shaharda fuqorolar soni ancha va aholi zich yashagani bois hunarmandchilik juda rivojlangan. Shahar markazidagi mahallalarda ko'proq zargarlar yashashgan. Oqar suvlarga yaqin joylardan sovungarchilik, konchilar, gazlamaga gul bosuvchilar qonim topishgan. Chunki ularni ishlari suv bilan bog’liq. Buxoro va Samarqand tomondan kelganingizda Toshkentga kiraverishdagi mahallada qanday hunar egalari yashaganlar?
Javobni ko'rish
Albatta IV asr ilgarigi hunarmandlar yashamaydi. Ammo nomi hozir ham ilgarigidek ataladi. Shaharga kelgan karvonlardagi otlarga taqa qoqqanlari uchun ham, bu mahalla haliyam "Taqachilar" mahallasi deb ataladi.