Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #15176

Zakovat savoli #15176

Diqqat, savol matnida bir necha joyda bir so‘zdan harflar tushurib qoldirilgan.
Bundan ellik yillar oldin G‘arbiy Afrikada pediatr bo‘lib ishlagan Enn Mur afrikalik ayollarning o‘z farzandlariga qanday g‘amxo‘rlik qilishini ko‘rgan. Keyinchalik vataniga qaytgach, afrikalik ayollardan o‘rnak olib, farzandini olib yurishga mo‘ljallangan ryukzak ixtiro qildi. Ryukzak U deb nomlandi. Uning nomining kelib chiqishi Jeyms Kukning aborigenlar bilan suhbatiga borib taqaladi.
Savol: Harflari tushurib qoldirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javobni ko'rish

Kenguru.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar