Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #15175

Zakovat savoli #15175

Abdulla Qahhor ta’rifini eshiting: “U faqat insonga xos, hayvon UNI paydo qilolmagani uchun insonga yaqinlasholmaydi, lekin inson UNI yo‘qotib hayvonga yaqinlashib qolishi mumkin. U eng shafqatsiz qonundan ham kuchliroq. Qonun faqat ko‘zi tushganda, shubha paydo qilgandagina jinoyatchining qo‘lini ushlaydi. U esa hamisha jinoyatchining tepasida turib, nojo‘ya ish qilish uchun qo‘l ko‘targani qo‘ymaydi. Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin UNGA chap berib bo‘lmaydi, chunki qonun odamdan tashqarida, U esa odamning ko‘ksida bo‘ladi.
Savol: Maqolga ko‘ra o‘limdan qattiq bo‘lgan nimaga shunday ta’rif berilmoqda?
Javobni ko'rish

Uyat.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar