Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #1380

Zakovat savoli #1380

Ergotizm – tarkibida zamburug’ bo’lgan mahsulotlarning, misol uchun javdarni iste’mol qilish natijasida organizmga toksinlar tushishi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Uning oqibatida odamda ko’ngil aynishi, gallyutsinatsiya va ichak sanchiqlari kuzatilishi mumkin. Linda Kaporaelning ilmiy maqolasida aytilishicha, XVII asr oxirlarida BU SHAHARDA yuz bergan voqealarga ham shu kabi zaharlanish sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.
Diqqat savol. U yer deganda qayer nazarda tutilmoqda?
Javobni ko'rish

Salem

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar