Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #13782

Zakovat savoli #13782

Nontxaburi provinsiyasida joylashgan bu qamoqxonani maxalliy axoli o'z tilida Katta Yo'lbars deb atashadi. Rostan ham bu yerga kelgan maxbuslar tom ma'noda qamoqxona tomonidan yeb yuboriladi va ular uchun bu hayotdagi so'nggi manzil xisoblanadi. Bu yerda 25 va undan ko'p maxbuslar 6 x 4 metrli kameralarda sutkaning 14 soatini o'tkazishadi. Ovqatlanish kuniga 1 marotaba beriladi va qolgan paytlari ovqatlanish uchun qattiq mehnat qilishga majbur.
Bu joy 1989 yil avstraliyalik rejissyor Ken Kemeron uchun shu nomli film olishga g'oya bo'lib xizmat qilgan.
Bu joy nomini ushbu davlatning dengiz orti chegaradoshini esdan chiqarmagan xolda 2 so'zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Bangkok Hilton

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar