Zakovat savoli #5042
Bu so‘zni paydo bo‘lish tarixi Italiyaga borib taqaladi. Tinimsiz yog‘gan yomg‘irlar natijasida Neapol shahri ko‘chalarini suv bosgan vaqti neapolliklar bu suv toshqinini siz-u biz bilgan O‘SHA so‘z bilan atashgan. Keyinchalik bu so‘z suv toshqiniga nisbatan emas, balki boshqa dahshatliroq toshqin ma’nosida ishlatila boshlangan. Gap qaysi italyancha so‘z haqida ketmoqda?
Javobni ko'rish
Lava.