Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #12487

Zakovat savoli #12487

Ushbu mamlakatning to‘liq nomiga Islom Respublikasi qo‘shimcha qilib aytiladi. Bu mamlakatga miloddan avvalgi III mingyillikda finikiyalik dengizchilar suzib kelgach, “mauharim” – “G‘arbiy o‘lka” deb nom berishgan. Mamlakatning hozirda bizga ma’lum nomi Fransiyaning G‘arbiy koloniyalaridan biriga aylangan davrda berilgan. “Guantanamo kundaligi” nomli avtobiografik asar asosida 2021-yilda olingan mashhur filmda asosiy qahramon ushbu mamlakatda tug‘ilgan bo‘ladi.
Savol: Gap qaysi davlat haqida ketmoqda?
Javobni ko'rish

Mavritaniya.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar