Zakovat savoli #11713
Versiyalardan biriga ko‘ra bu joy nomining kelib chiqish etimologiyasi miloddan avvalgi 6-asr oxiriga to‘g‘ri keladi va u ikki qadimgi Ahamoniylar shohlari Doro I va Kserks I ning yozuvlarida "dahyus" nomi bilan fors davlati mamlakatlaridan biri sifatida uchraydi. Ushbu ro‘yxatlarda ko‘rsatilgan qadimiy forscha Haspaduya nomi, ba'zi tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Eronning Huw-aspa-dahyu ya’ni “chiroyli otlar mamlakati” dan kelib chiqqan.
Savol: Bu joy nomini bir so‘zda yozib bering.
Savol: Bu joy nomini bir so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Kappadokiya.