Zakovat savoli #21812
Chingizxonning ajdodlaridan biri Xabichi Bahodirning Manan-tudun ismli oʻgʻli boʻlgan. Manan-tudun esa 7 ta farzand koʻrgan. Farzandlarning toʻrtinchisi – Xachuuning yirik jussali, devqomat Barulatay ismli oʻgʻli boʻlib, Barulatayning avlodlarini Ular deb atashgan. Ular Movarounnahr, xususan, Kesh bekligi tarixida muhim oʻrin tutgan etnik guruhlardan biri hisoblanadi.
Savol: Ularni yozib bering.
Savol: Ularni yozib bering.
Javobni ko'rish
Barloslar