Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #11388

Zakovat savoli #11388

Mevasiz va mevali daraxtlarni ekish bir-biridan farq qiladi. Mamlakatimizda oʻziga xos terakchilik an’analari mavjud. Terak ekuvchilar daraxtlarni ekish vaqtiga ham alohida e’tibor qaratishadi. Odatda bo‘yiga o‘sadigan tol va terak daraxtlari aynan shunday vaqtlarda ekiladi. Shunday vaqtlarda ekilgan daraxtlar uzun bo‘lib, tepaga o‘sadi va ko‘zlangan yog‘ochni beradi. Shuningdek, yevropaliklar, shunday vaqtlar boshqarib boʻlmaydigan xatti-harakatlarni qoʻzgʻatadi deb bilishgan va baʼzi afsonalar ham paydo boʻlgan.
Savol: Tajribali terak ekuvchilar aynan qanday vaqtlarda teraklarni yerga “qadaydilar”?
Javobni ko'rish

Oy to‘lgan vaqtlarda

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar