Zakovat savoli #32884
Aktyor Bryus Uillisning gaplariga koʻra, bugungi kunda Los-Anjelesda atrof muhit unchalik ham yaxshi emas ekan. Los-Anjelesda yashaydigan bitta bolaga haftasiga oʻnta U ekvivalent miqdorda toʻgʻri kelarkan. Nima haqida gap ketmoqda?
Javobni ko'rish
Los-Anjelesda havo ancha iflos, bu u yerda yashaydigan bitta bolaga haftasiga oʻn pachka sigareta chekish bilan barobar zarar yetkazar ekan.