?Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Qoidalar

Qanday o'ynaladi?

Diqqat Savol qoidalari: savollar, ball to'plash va sovg'alar.

📅 Savollar

Har kuni soat 06:00, 18:00 va 20:00 da kanalda yangi Zakovat savoli chiqadi va botga bildirishnoma keladi. Javobni botga yozasiz — sun'iy intellekt darhol tekshiradi, kerak bo'lsa admin ko'rib chiqadi. Har kuni ertalab kechagi to'liq natijalar e'lon qilinadi.

💰 Ball qanday to'planadi

Nima uchunBallIzoh
✅ To'g'ri javob+10Kanaldagi har bir savol uchun.
⚡ Tezlik bonusi+5Birinchi 3 ta to'g'ri javob berganga.
🔥 Seriya bonusi+3…+15Ketma-ket to'g'ri javoblar uchun o'sib boradi. Bir kun to'g'ri javob bermasangiz, seriya 0 ga tushadi.
🎁 Kunlik bonus+5Har kuni botga birinchi kirganda.
👥 Do'st taklif qilish+250Do'stingiz havolangiz orqali qo'shilsa; do'stingiz esa +50 bilan boshlaydi.
➕ Botni guruhga qo'shish+3010+ a'zoli guruh uchun, kuniga 5 tagacha.
🎲 Guruh o'yinlari+2…+5Birinchi to'g'ri javob uchun, kuniga 30 ballgacha.
🏆 Haftalik turnir+300 / +200 / +100Haftaning eng ko'p ball to'plagan 3 ishtirokchisiga.

🛒 Do'kon

  • 💡 Ishora (hozirgi savolga)20 ball
  • 🎖 "Bilimdon" nishoni (30 kun)100 ball
  • 📣 Kanalda shaxsiy e'lon300 ball
  • 📜 Faol ishtirok sertifikati777 ball
  • 📝 O'z savolingiz kanalda500 ball
  • 📱 Mobil hisobga 5 000 so'm1 000 ball
  • 🏅 Admindan maxsus sertifikat4 000 ball
  • 💵 35 000 so'm pul mukofoti5 000 ball

Botda /dokon orqali xarid qilinadi. Admin tasdiqlaydigan buyurtma rad etilsa, ball to'liq qaytadi.

❓ Savol-javob

Javobni qanday yozish kerak? Qisqa va aniq: lotin yoki kirillda, kichik imlo xatosi muhim emas — asosiy tushuncha to'g'ri bo'lsa, qabul qilinadi.

Reyting nima bo'yicha? Hozirgi ball (qolgan ball) bo'yicha — umumiy reyting.

Bildirishnomalar ko'p bo'lsa? Har bir xabar ostidagi "🔕 O'chirish" tugmasini bosing.

Botda boshlash