Zakovat savoli #9902
2019-yilda Avstraliyalik bir ayol qo‘shnisi o‘rnatgan aborigenlar bayrog‘ini olib tashlamoqchi bo‘lgani ijtimoiy tarmoqlarda keng shov-shuvlarga sabab bo‘ladi. Ayolning ismi e’lon qilingach esa bu yanada qiziq holatni yuzaga keltiradi. 2020-yildan boshlab bu ism OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqala boshladi va The Guardian nashri bu ismga ega insonlarni yil odami deb e’lon qildi. Ismning erkakcha analogi sifatida Ken yoki Kevin tilga olinadi. Savol: bu ismni yozib bering.
Javobni ko'rish
Karen