Zakovat savoli #9893
SSSR futbol bo‘yicha 1974-yilgi jahon chempionatining so‘nggi saralash bosqichida safardagi o‘yinni neytral davlatga o‘tkazish bo‘yicha FIFAga murojaat qiladi. Murojaat rad etilgandan so‘ng SSSR o‘yinda ishtirok etishdan bosh tortadi va jamoa JChga chiqolmaydi. SSSR futbol federatsiyasi bayonotida jamoa “vatanparvarlar qoni to‘kilgan stadionda” o‘ynashni istamagani yoziladi.
Savol: SSSRning raqibi qaysi davlat terma jamoasi edi?
Savol: SSSRning raqibi qaysi davlat terma jamoasi edi?
Javobni ko'rish
Chili