Zakovat savoli #9863
Dastlab Stavropol o‘lkasida oliy navli turni yetishtirish uchun seleksiya ishlari olib boriladi, biroq bu iqlim mos kelmasligi ma’lum bo‘lgach, bu ish O‘zbekistonga yuklanadi. Shundan keyin seleksioner Tursunboy Is’hoqov tomonidan U yaratiladi. 1983-yilgi ko‘rgazmada U o‘zining yaltirashi, shaffofligi bilan ko‘plarni hayratga soladi va shundan o‘z nomini oladi. Keyinroq esa bu yegulikning nomi xalq orasida biroz qisqarib, o‘zgarishga uchraydi. Savol: siz uning asl yoki o‘zgarishga uchragan hozirgi nomini ayting?
Javobni ko'rish
Lazer.