Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #984

Zakovat savoli #984

Bir tajribada olimlar kabutarlar turli kartinalarni, jumladan, Mone va Pikasso kartinalarini farqlay olishadimi yoki yo‘qligini tekshirishgan. Dastlab 10 ta kartina bilan o‘rgatilgan kabutarlar keyinchalik Mone va Pikasso kartinalarini bemalol ajrata olishgan. Keyinchalik tajriba qiyinlashtirilib boshqa kubist va imperssionistlar kartinalarini ham, hatto kartinalarning oq qora tasvirlari ko‘rsatilganda ham kabutarlar kartinalarni ajrata olgan. Ammo kartinalar shunday holatga keltirilganda, qushlar Mone kartinalarini ajrata olishmay qolishadi. Bu ma’lumotni o‘qir ekan savol muallifi 1961-yilda Nyu York sa’nat muzeyi ko‘rgazmasida ushbu rassomning kartinasi bilan bog‘liq ajabtovur holatni eslab o‘tadi. Savol: qaysi rassomning?
Javobni ko'rish

Anri Matiss

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar