Zakovat savoli #979
Lev Platonovich talabalik yillarida inqilob jarayonlarida faol qatnashgan va qo`lga olingan. 1887-yilda ona qishlog`i Mlievga qaytish imkoni berilgan. Bu yerda ham 12 yil politsiya nazorati ostida edi. Lev bor e`tiborini meros qolgan bog`lar rivojiga qaratishga majbur bo`lgan. U Rossiyadagi bog`dorchilik ahvoliga tanqidiy ko`z bilan qarar, sohaning juda ortda qolishiga sabab bilim yetishmovchiligi deb hisoblardi. Turli olimlar va turli davlatlar bilan o`rnatilgan aloqa ortidan yuksak natijalarga erishildi. Diqqat savol: Lev Platonovichning familiyasini toping!
Javobni ko'rish
Simirenko!