Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #9746

Zakovat savoli #9746

“Qutlov Prelyudiyasi” 1955-yilda Igor Stravinskiy tomonidan bastalangan kichik musiqiy asar hisoblanadi. Prelyudiya qiziq yaralish tarixiga ega. Birinchi Aspen festivaliga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida, Stravinskiy to‘satdan o‘ziga notanish bo‘lgan baxtiyor ohangni eshitadi. Bundan alamzada bo‘lgan bastakor, orkestr ijrochilaridan biri hozirgina ota bo‘lganini bilmas edi.
Savol: Igor Stravinskiy o‘z prelyudiyasini yaratishda qaysi qo‘shiqdan ilhomlanganini yozib bering.
Javobni ko'rish

Happy birthday to you.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar