Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #9742

Zakovat savoli #9742

O‘lim juda qo‘pol eshitiladigan so‘z. Shu bois, tilimizda uning boshqacha tarzda aytiladigan shakllari bor. Masalan, dunyodan ko‘z yummoq, jon taslim qilmoq, vafot etmoq, omonatni topshirmoq va hokazo. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida o‘z otasi Umarshayx Mirzo fojiasi haqida yozarkan, uning o‘limini bir qush bilan qiyoslaydi.
Savol: Bu o‘rinda Bobur qanday so‘z birikmasini ishlatgan?
Javobni ko'rish

“Shunqor bo‘ldi”.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar