Zakovat savoli #9492
Aqshda o‘z vaqtida shunday bir odat bo‘lgan. Bu odatga ko‘ra uylanmoqchi bo‘lgan protestant erkaklar o‘zining bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga angishvona sovg‘a qilishgan. Qizlar esa bu angishvonadan foydalangan holda seplari uchun ko‘ylaklar tikishgan. Savol: Ko‘ylaklar tikib bo‘lganidan so‘ng qizlar bu angishvonani nima qilishgan?
Javobni ko'rish
Nikoh uzugi yasashgan.