Zakovat savoli #9386
Ushbu bayram Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Grenada, Sent-Lyusiya va Liberiyada turli sanalarda nishonlanadigan milliy bayramdir. Xuddi shunday nomlangan festival bayramlari Germaniya va Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Bayram Kanadada oktyabr oyining ikkinchi dushanbasida, Amerika Qo'shma Shtatlarida noyabr oyining to‘rtinchi payshanbasida nishonlanadi. Orif Tolib oʻz kanalida yurtimizda boshqa bir quvonchli kun munosabati bilan qutlash uchun ushbu bayram nomidan foydalanish toʻgʻri kelmasligini taʼkidlagan. Chiroyliroq yoki balandparvoz tabrik uchun bu iborani qoʻllash oʻzini oqlamaydi deyiladi post davomida.
Savol: Qaysi bayram haqida soʻz bormoqda?
Savol: Qaysi bayram haqida soʻz bormoqda?
Javobni ko'rish
Shukrona kuni