Zakovat savoli #920
HTTP protokolining xatolarini ichida foydalanuvchilar ko‘proq 404 statusi bilan to‘qnash keladi. Bu Not Found (“topilmadi”) ishorasi foydalanuvchi tomonidan so‘ralgan sahifa saytda mavjud emasligida ko‘rinadigan xatodir. Bundan boshqa xatolar ham mavjud. Masalan 403 – Forbidden (“taqiqlangan”) xatosi ham ko‘rsatilishi mumkin. Bunda saytda so‘ralgan sahifa borligi, lekin u yerga kirish huquqi chegaralanganligi bois foydalanuvchiga ochib bera olmasligini anglatadi. Ko‘plab xatolar ichida shunday kod ham borki bu davlat organlari yoki mualliflar tomonidan sahifani ko‘rishga ta’qiq qo‘yilganini bildiradi. Savol: Bu qaysi kod?
Javobni ko'rish
451