Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #9161

Zakovat savoli #9161

1933 yilda AQSh prezidenti Franklin Delano Ruzvelt Chikagoga tashrif buyuradi. U yerda uning mashinasiga o‘q uzishadi, prezidentning o‘zi jabrlanmagan bo'lsa-da, biroq u bilan birga ketayotgan shahar meri og’ir tan jarohati olgan edi. Ushbu voqeadan so'ng, xavfsizlik xizmati ikki yil oldin musodara qilingan zirhli Cadillac mashinanini ishlatishga qaror qilishadi. Ushbu mashina korpusdagi zirh va o'q o'tkazmaydigan oynadan tashqari, eshiklardagi yashirin teshiklar bilan jihozlangan va orqa oyna orqali hatto pulemyotdan ham o'q uzish mumkin edi.
Diqqat savol ushbu mashinani asl egasi kim edi?
Javobni ko'rish

Al Kapone

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar