Zakovat savoli #9139
Qarg‘a xokkusi – bu yapon xokku shoiri Matsuo Basyoning eng mashhur va munozarali asarlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat xokkunavislar, uni yapon xokku san’atining etaloni deya ta'riflashadi. Ta’kidlanishicha, aynan shu asar, ushbu yo'nalishda ijod qiladigan boshqa xokku shoirlarining ijodiga turtki bo’lgan.
Ushbu fakt bilan bog'liq maqolada, XIX asrda yaratilgan bir ibora va rus adibining asariga havola berib oʻtilgan.
Savol: Oʻsha asar nomini yozib bering
Ushbu fakt bilan bog'liq maqolada, XIX asrda yaratilgan bir ibora va rus adibining asariga havola berib oʻtilgan.
Savol: Oʻsha asar nomini yozib bering
Javobni ko'rish
Shinel