Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #9015

Zakovat savoli #9015

Ushbu so‘z Arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, bu tushunchaning mazmuni hozirgi zamonaviy tilimizda deyarli ishlatilmaydi. Bunga sabab qilib so‘zning o‘rnini bosuvchi qurol, to‘poncha kabi tushunchalar paydo bo‘lgani ko‘rsatiladi. Qadimda ushbu so‘z barcha qurollarning yig‘indisi deb e’tirof etilgan. Masalan kamon, nayza, sovut, qalqon kabilarni umumlashtirib ko‘rsatgan.
Savol: Ushbu so‘zni unlilari bir xil bo‘lgan bir so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Aslaha.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar