Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #8973

Zakovat savoli #8973

Suaxili tili— Sharqiy Afrikada 150 millionga yaqin odamlar so‘zlashadigan til hisoblanadi. U Keniya, Tanzaniya, Uganda, Kongo Demokratik Respublikasi, Mozambik va Janubiy Afrikada qo‘llaniladi. 2018-yilda yuqorida sanalgan Afrika davlatlarining 100 mingdan oshiq mutasaddilari maxsus xujjatni imzolab “Disney” kompaniyasidan mashhur multfilmidagi iboraning mualliflik huquqidan voz kechishni talab qilishgan.
Savol: Ushbu mashhur iborani ikki so’zda toping.
Javobni ko'rish

Akuna Matata.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar