Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #8870

Zakovat savoli #8870

19 asrning 50 yillarida xozirgi Toshkent shahri hududini òzlashtirish bo’z yerlarni sug’orib ekin maydonlariga aylantirish ishlari olib borilgan. Yunusxo’ja ismli savdogar Chinobod, Choshtepa, Oqtepa hududlarini o'zlashtirishda Taxtapul atrofidagi axolini ishga jalb qiladi. Ish yanada unumli va samarador bòlishi uchun u bamdod namozidan so’ng shaxsiy tashabbusi bilan bir tadbirni amalga oshiradi. Bu albatta kuni bilan mehnat qiluvchi ishchilar uchun ajoyib rag’bat bo'lgan. Natijada bu tadbir butun aholi o’rtasida keng yoyilib hozirgi kungacha yetib kelgan.
Savol: Yunusxo’ja qanday tadbir amalga oshirgan?
Javobni ko'rish

Nahorgi osh

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar