Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #8739

Zakovat savoli #8739

Ushbu multfilmning ishchi nomlari orasida “Kalahari qiroli”, “Hayvonlar shohi” va “Jungli qiroli” kabi nomlar bo‘lgan. Multfilm ijodkorlari uni “Jungli qiroli” deb nomlab, “Jungle King” emblemalari tushurilgan futbolkalar tarqatib bo‘lingan bir vaqtda ijodkorlardan biri jungli mantiqan noto‘g‘ri bo‘lishini aytgan. Natijada multfilmning nomi barchamizga tanish nomga o‘zgartiriladi.
Savol: Barchamizga tanish bo‘lgan ushbu multfilm nomini yozib bering.
Javobni ko'rish

“Qirol sher”.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar