Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #8690

Zakovat savoli #8690

2011-yili Polshaning Lodz shahar maʼmuriyati yo‘qolgan IKSlarning o‘rnini to‘ldirish uchun yangi partiyada 4 ming dona sotib olgach, ularni o‘g‘rilardan himoya qilish maqsadida cherkov ruhoniylaridan maxsus diniy tadbir orqali tabarruk qilib berishni iltimos qilishadi. Rasmiylar bunga shunday izoh beradi: “Lodz shahrining ilohiy homiysi muqaddas Faustina shahar ko‘chalari bo‘ylab yurib, kambag‘al va nochorlarga yordam bergan. Biz ham IKSlarni tabarruklashtirib, Faustinaning bag‘rikengligini yana butun shahrimizga tarqatmoqchimiz” deydi. Diqqat savol: IKS nimaligini toping.
Javobni ko'rish

kanalizatsiya lyukining qopqog‘i

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar