Zakovat savoli #8670
1888-yili 5-avgust kuni Berta Bens xonim eri Karl Bens ixtiro qilgan mashinani haydab, 106 kilometr uzoqlikdagi Pforsxaym shahriga onasini ko‘rgani yo‘l oladi. Bu insoniyat tarixidagi mashinada qilingan ilk uzoq safar bo‘lgan. Berta xonim safar davomida juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keladi. Masalan, hali mashinaga moslashgan yo‘llar mavjud emas edi, shuningdek manzilni adashmay topib borish uchun yo‘l ko‘rsatkichlari yoki maxsus xaritalar ham yo‘q edi. Bunday qiyin vaziyatda Berta xonim zukkolik bilan muammoga yechim topadi. Diqqat savol, u manzilni qanday qilib adashmay topib borgan?
Javobni ko'rish
temir yo‘lga oriyentir olib haydagan