Zakovat savoli #847
QVZ chiqishlaridan birida qiziqchi yigit Davron Kabulovning suxarik ishlab chiqarishini, gastrollarda yurishini, konsertlar qo’yishini, kiyimlar chiqarishini va to’ylarda chiqishini ayta turib BU ISHNI qiladi. BU ISH haqida poetiklug’at.uz saytining yozishicha BU ISHNI haddidan oshgan va qo’lidan kelmas ishni o’z zimmasiga oluvchilar qilar ekan.
Savol: BU ISH deganda nima nazarda tutilganini bir necha so’zda yozib bering.
Savol: BU ISH deganda nima nazarda tutilganini bir necha so’zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Besh barmog’ini og’ziga tiqish