Zakovat savoli #8411
Anand Kumar Hindistonning Bihar shtatida tavvallud topgan, otasi oddiy pochtachi edi. Matematika sohasida SUPER qobiliyatga ega bo‘lgan. Shunday bo‘lsada otasining vafoti va moliyaviy qiyinchiliklar sababli maktabni bitirgach Angliyada o‘qishga borolmaydi. Turli yillardagi qiyinchiliklardan so‘ng o‘qituvchilik faoliyatini ham boshlaydi. Bir qancha muddatdan so‘ng esa to‘lov pulini to‘lolmagan bola uni bir dasturga asos solishga ilhomlantiradi. Bu dasturga ko‘ra eng istedotli 30 nafar bolani Hindiston Texnologiya institutiga tayyorlash edi. 30 nafar bolaning barchasi sharoiti og‘ir bolalar edi. Dasturga kirish uchun juda ko‘plab bolalar imtihondan o‘tishadi. Buni qarangki bu SUPUR qobilyatli bolalarning barchasi o‘sha yili Hindiston Texnologiya institutiga o‘qishga qabul qilinadi.
2009-yilda Bolivud ijodkorlari Anand Kumarning hayotiga bag‘ishlab kino ham sur’atga olishadi.
Diqqat savol: ushbu film nomi nima edi?
2009-yilda Bolivud ijodkorlari Anand Kumarning hayotiga bag‘ishlab kino ham sur’atga olishadi.
Diqqat savol: ushbu film nomi nima edi?
Javobni ko'rish
Super-30