Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #8385

Zakovat savoli #8385

Savolda SHUNDAY so'zi boshqa uch so'z o'rnida keladi.
Amerikadagi fuqarolar urushi vaqtida piyoda Jeykob Miller peshonasidan o'q yeydi. Safdoshlari Jeykobni o'lgan deb o'ylab, uni jang maydonida qoldirib ketishadi. Birozdan keyin Jeykob o'ziga keladi va o'rnidan turib chekinayotgan otryadga yetib oladi. Ushbu voqeadan keyin u yana 54 yil yashaydi. Bu haqidagi maqola nomi ham SHUNDAY edi.
Diqqat Savol: XX asr 80-yillari boshlarida SHUNDAY nomli asar yozgan insonni yozib bering.
Javobni ko'rish

Yulian Semyonov

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar