Zakovat savoli #8276
Gig uzugi dastlab Aflotun asarlarida tilga olingan sehrli buyum bo‘lib, o‘z egasining xohishiga ko‘ra ko‘rinmas bo‘lib qolish imkoniyatini beradi. Boshqa xalqlarda uzugning bir qancha prototiplari mavjud. Masalan, “Ko‘rinmas mantiya” - uels-german xalq og‘zaki ijodida tilga olingan Gig uzugining analogi. Mantiyani Artur Konan Doyl asarlarida va “Garry Potter” filmining ko‘plab qismlarida ko‘rishimiz mumkin. Gig uzugiga o‘xshash yana bir IKS rus xalq ertaklari va filmlarida egasini ko‘rinmas qiluvchi sehrli buyumdir. IKSni o‘zbek yozuvchisi ham o‘z asarida bir yigitga do‘st bo‘lgani haqida yozadi.
Savol: IKS o‘rnidagi 2 so‘zni yozib bering.
Savol: IKS o‘rnidagi 2 so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Sehrli qalpoqcha.